Sevan ul-hikma HIPPO xalqaro olimpiadasi rasmiy vakili bo‘ldi!

Faxr bilan ma’lum qilamizki, “Sevan ul-hikma” ta’lim akademiyasi HIPPO xalqaro ingliz tili olimpiadasining Kattaqo’rg’ondagi rasmiy vakili sifatida faoliyat boshlaydi. Akademiyamiz va HIPPO xalqaro olimpiadasi tashkilotchilari o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

HIPPO (English without Borders) – Italiya Tashqi ishlar vazirligi homiyligida o’tkaziladigan nufuzli xalqaro olimpiada hisoblanadi. Ushbu olimpiada dunyoning 65 davlatidan ingliz tili o’rganuvchilarni birlashtiradi.

Olimpiada nima beradi? Endi Kattaqo’rg’on va atrofdagi hududlardan o’quvchilar:

  • Xalqaro miqyosdagi olimpiadalarda ishtirok etish
  • O’z bilimlarini jahon standartlari asosida baholash
  • Chet ellik tengdoshlari bilan raqobatlashish
  • Global ta’lim muhitiga kirish imkoniyatiga ega bo’ladilar

Olimpiada bosqichlari:

  1. Dastlabki saralash bosqichi – maktabimizda o’tkaziladi
  2. Yarim final – mintaqaviy darajada
  3. Final bosqichi – xalqaro miqyosda

Ishtirokchilar uchun imkoniyatlar:

  • Xalqaro sertifikatlar
  • G’oliblar uchun maxsus sovg’alar
  • Chet elda ta’lim olish imkoniyatlari
  • Kelajak karyerasi uchun muhim tajriba

Ushbu hamkorlik bizning xalqaro ta’lim standartlariga bo’lgan intilishimizning yana bir isbotidir.

Farzandingizning xalqaro miqyosdagi yutuqlariga birinchi qadam!

Olimpiada haqida batafsil ma’lumot olish va ro’yxatdan o’tish uchun akademiyamizga tashrif buyuring.

Savollar uchun: 📞 Tel: (91) 555-78-75 📞 Tel: (94) 285-00-16

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring va eng so’nggi yangiliklar bilan birinchi bo’lib tanishing!

Farzandlari 2018-yilda tug’ilgan ota-onalar diqqatiga!

Boshqa yangiliklar