Sevan ul-hikma akademiyasi 12-yanvar kuni soat 11:00 da HIPPO MOCK diagnostik testini o’tkazadi. Test Reading va Use of English bo’limlarini o’z ichiga oladi.
HIPPO ingliz tili imtihoni – bu xalqaro miqyosda tan olingan test bo’lib, o’quvchilarning ingliz tilini bilish darajasini xolisona baholash imkonini beradi. Diagnostik test orqali o’quvchilar:
- O’z bilim darajalarini aniqlash
- Xalqaro imtihonlarga tayyorgarlik ko’rish
- Kuchli va kuchsiz tomonlarini bilish
- HIPPO imtihonining tuzilishi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ladilar
Imtihonda barcha 1-11-sinf o’quvchilari ishtirok etishlari mumkin. Sevan ul-hikma o’quvchilari uchun bepul, boshqa maktab o’quvchilari uchun 30 000 so’m.
O’z vaqtida ro’yxatdan o’ting! Joylar soni cheklangan.
Ro’yxatdan o’tish va qo’shimcha ma’lumot uchun: (91) 555-78-75 (94) 285-00-16
Xalqaro imtihonlarga tayyorgarlikni bugun boshlang!




